Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2-tur markaziy o‘yinida “Bunyodkor” hamshahri “Paxtakor ustidan zafar quchdi.
Bellashuvdagi yagona gol 79-daqiqada himoyachi Rustam Ashurmatov tomonidan urildi. “Paxtakor” jamoasi vakillari bunga javob qaytara olmadi.
Bellashuvning so‘nggi daqiqasida “Bunyodkor” futbolchisi to‘pni jarima maydonchasi ichida qo‘li bilan o‘ynadi va uchrashuv hakami Sherzod Qosimov “qaldirg‘ochlar” darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrlik nuqtaga Jasur Hakimov yaqinlashdi. Biroq uning zarbasini “Bunyodkor” posboni Murod Zuxurov qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.
“Paxtakor” Superligani “So‘g‘diyona”ni taslim etish bilan boshlagandi. “Bunyodkor” esa o‘z maydonida AGMK bilan durang o‘ynagandi — 1:1.
Rustam Ashurmatovning goli
Jasur Hakimovning noaniq penaltisi
O‘zbekiston Superligasi 2-tur bellashuvlari 10-mart, shanba
“Bunyodkor” — “Paxtakor” 1:0
Gol: Rustam Ashurmatov, 79 (1:0).Noaniq penalti: Jasur Hakimov, 92+ (P).“So‘g‘diyona” — “Neftchi” 20:00
Izoh (0)