Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyatida o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgani uchun 14 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi ma’lum qildi.

Foto: “Nuz.uz”

Foto: “Nuz.uz”

O‘rtachirchiq tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan bosqinchilik jinoyatini sodir etganligi uchun qidiruv e’lon qilinib, 2004-yil 2-iyun kunidan buyon qidiruvda bo‘lgan, 1983-yilda tug‘ilgan G‘ulom Qosimov IIB xodimlari tomonidan Nurafshon shahri hududida aniqlanib, ushlandi.

Unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari qayta tiklanib, Nurafshon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Shou-biznes
Yillar davomida tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan Gollivud aktyorlari (foto)