Rossiya tomoni AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning uchrashishi haqidagi kelishuv amalga oshishiga umid qilmoqda. Bu haqda 9-mart, juma kuni Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Buni to‘g‘ri yo‘nalishdagi chora deb hisoblaymiz. Kelishuv amalga oshishiga umid qilaman. Bu, shubhasiz, Koreya yarimorolidagi vaziyatni normallashtirish uchun zarur”, — dedi u.
Izoh (0)