Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Litva Notariuslar palatasi prezidenti Maryus Strachkaytis va mazkur palata maslahatchisi Egle Chaplinsken bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan maqsad Litvaning notariat sohasidagi tajribasi hamda O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishga bog‘liq masalalarni muhokama qilishdan iborat. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, UzDaily xabar berdi.

Foto: UzDaily

Foto: UzDaily

O‘zbekiston tomoni mehmonlarni Adliya vazirligining asosiy faoliyatlari va ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi.

O‘z navbatida, Maryus Strachkaytis mazkur uchrashuv tashkillashtirilgani uchun minnatdorchilik bildirdi va yaqin kelajakda O‘zbekiston Xalqaro notariatlar kengashiga a’zo bo‘lishini tiladi.

Maryus Strachkaytis O‘zbekistonda notariuslar tizimini takomillashtirishda yordam ko‘rsatishga hamda ushbu sohadagi mamlakat tajribasi bilan tanishish uchun O‘zbekiston delegatsiyasini Litvada qabul qilishga tayyorligini bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Kino ijodkorlar tomonidan ishora qilingan, ammo ko‘pchilik payqamagan mashhur filmlardagi detallar (foto)
Dunyo
AQSH osmonida razvedkachi havo shari aniqlandi. Pentagon sharni Xitoyga tegishli deb hisoblamoqda (video)
Mahalliy
O‘zbekistonning qator hududlarida 4-fevral kuni ham yomg‘ir yog‘adi