Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Moskva davlat tilshunoslik universitetida buyuk o‘zbek shoiri va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Jahon” AA.

Foto: “Jahon” AA

Foto: “Jahon” AA

Tadbirda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi, Moskva davlat tilshunoslik universiteti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti, O‘zbekistonning bir qator OTMlari, Rossiya jamoatchilik tashkilotlari vakillari, shuningdek, o‘zbek tilini o‘rganuvchi talabalar qatnashdi.

Tadbir ishtirokchilari e’tiboriga shoirning hayoti va ijodi haqidagi hujjatli film namoyish etildi, boburshunos olimlar guruhi tomonidan tayyorlangan “Z.M.Bobur asarlari bibliografiyasi”ning birinchi jildi taqdim etildi.

O‘zbek tilini o‘rganayotgan talabalar o‘z bilimlarini namoyish etdi va Bobur asarlaridan parchalar o‘qidi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi