Britaniyaning Redkar shahri aholisi mintaqaga yaqinda yopirilgan kuchli po‘rtanadan so‘ng yoshi yetti ming yilga teng ekanligi taxmin qilinayotgan toshga aylangan o‘rmonda sayr qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu haqda GazzetteLive portaliga tayanib, “Vesti” xabar bermoqda.
Kuchli to‘lqinlar sohilbo‘yi qumlarini yuvib ketdi, endi u yerda suv orqaga qaytgan paytda qadimgi qayin, dub va qora qayinlarning qoldiqlarini ko‘rish mumkin. Ba’zan hatto qachonlardir cho‘kib ketgan qayiqlarni ham uchratish mumkin.
Bu o‘rmon haqidagi birinchi qaydlarni 1871-yilgi manbalarda uchratish mumkin.
Izoh (0)