O‘zbekistonda MMA federatsiyasi ish boshladi. Bu haqda “Olamsport” nashri xabar berdi.

Foto: MMA

Federatsiyaning ish boshlaganiga bag‘ishlangan yig‘ilish Olimpiya shon-shuhrati muzeyida 6-mart kuni o‘tkazilgan. Federatsiya rahbari etib kikboksing bo‘yicha jahon chempioni Sunnat Ilyosov saylangan.

Aralash qoidalar jangi sport turi dunyoda tobora ommaviylashib bormoqda. Xususan, o‘zbekistonlik bir qator jangchilar xorij oktagonlariga chiqib, Osiyoda katta obro‘ga ega bo‘la boshlagandi. Endi esa MMA federatsiyasi o‘zbekistonlik sportchilarni o‘zida jamlashga harakat qiladi.

Berilgan ma’lumotga ko‘ra, MMA federatsiyasi Aralash qoidalar jangi san’ati xalqaro federatsiyasi (IMMAF) litsenziyasini ham qo‘lga kiritib ulgurgan.