AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha, mamlakat kinematografida yulduzlar qolmagan. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida yozuv qoldirdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: AP

AQSh yetakchisi “Oskar” mukofoti topshirilishi marosimi tarixdagi eng past reytingni qayd qilganiga munosabat bildirdi.

“Muammo shundaki, bizda ortiq yulduzlar yo‘q — prezidentingizdan boshqa (albatta, hazillashyapman)”, — deb yozdi Tramp.