“Oskar” mukofotini topshirish marosimi telereytingi rekord darajada past ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu haqda Associated Press agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
2018-yilda uni atigi 26,5 million kishi tomosha qildi.
Bu shouni 33 million kishi tomosha qilgan o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 20 foizga kam. Bu oxirgi o‘n yildagi eng yomon natijadir. 2008-yilda ham “Oskar”ning tomoshabinlari kam bo‘lgan, biroq o‘shanda ham mazkur raqam 30 millionlik ko‘rsatkichdan pastga tushmagan edi.
Marosim auditoriyasi AQSh kinoakademiyasi unchalik kassabop bo‘lmagan filmlarni mukofot bilan taqdirlayotganligi sababli muntazam qisqarib ketayotganligi ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)