“Oskar” kinomukofotini topshirish marosimi boshlovchisi Jimmi Kimmel “Ikar” filmi uchun haykalchani topshirish vaqtida Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqida hazillashdi. 5-martga o‘tar kechasi Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan tantanali marosim, “Kinopoisk” orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qilindi.

Foto: AP

“Hech bo‘lmaganda ishonch bilan shuni aytish mumkinki, mazkur tanlovga (g‘olibni saylash) Putin aralashmagan”, — deydi boshlovchi.

“Ikar” filmi Rossiyada dopingning davlat tizimi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi haqida bo‘lib, u WADA xabarchisi Grigoriy Rodchenkov tomonidan so‘zlanadi. Lenta to‘liq metrajli hujjatli film yo‘nalishida mukofotni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Vashington bir necha bor Rossiyani 2016-yildagi prezidentlik saylovlariga aralashuvda ayblagan edi.