O‘zbekiston boks terma jamoasi safida Rio—2016 Olimpiadasi sovrindori bo‘lgan Shahram G‘iyosov hamda Murod Ahmadaliyev boks markazi AQShga jo‘nab ketgandi.
“Olamsport” nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, har ikki charm qo‘lqop ustasi professional shartnoma tuzishga muvaffaq bo‘lgan. Prof boksga qadam qo‘yayotgan sportchilar aynan qaysi promouterlik kompaniyasi bilan aloqa bog‘lagani borasida aniq ma’lumotlar yo‘q.
Qayd etilishicha, mazkur ikki sportchi prof boksdagi debyut janglarini 10-mart kuni o‘tkazadi. Janglarning qaysi shtatda va qanday sharoitda o‘tishi, raqibning kim bo‘lishi tez kunda ma’lum bo‘ladi.
Bungacha Rio Olimpiadasida ishtirok etganlardan Fazliddin G‘oibnazarov hamda Rustam To‘laganov prof boksga o‘tib ketgandi. Endi esa Elnur Abduraimov shu yo‘lda harakat qilmoqda.
Izoh (0)