Italiya A seriyasining 26-turi Milan shahri klublari uchun omad keltirib, “Inter” ham, “Milan” ham ishonchli g‘alabalarga ega chiqdi.
Bunda “Inter”ning raqibi nisbatan osonroq bo‘lib, Spaletti jamoasi raqibga imkoniyat qoldirmadi. Mazkur g‘alaba jamoani turnir jadvalida kuchli to‘rtlikka olib kirdi.
Rimning “Latsio” klubi yirik g‘alabasi evaziga 3-o‘rindan joy olgan. A seriyada kuchli uchlik jamoalarigina Chempionlar Ligasida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritadi.
Mazkur turning markaziy o‘yinida “Milan” Rimdan g‘alaba bilan qaytdi. Chempionlar Ligasida “Shaxtyor”dan mag‘lub bo‘lgan “Roma”, bu safar o‘z uyida “Milan”ga imkoniyatni boy berdi — 0:2. Bu milanliklar uchun A seriyaning so‘nggi yetti turidagi oltinchi g‘alaba bo‘ldi. Gattuzo jamoani sekin-asta o‘zi istagan ko‘rinishga keltirayotganini ko‘rish mumkin.
Turning jadvalining ikki yetakchisi bugun o‘z o‘yinlarini o‘tkazishi kerak edi. Biroq Turindagi kuchli qor sabab, “Yuventus”ning o‘yini bir kunga kechiktirilgan.
Italiya A seriyasi 26-tur o‘yinlari 24-fevral, shanba
“Inter” — “Benevento” 2:0
Gollar: Milan Shkrinyar, 66 (1:0). Andrea Ranokkya, 69 (2:0).Chetlatish: Nikolas Viola, 81 (B).25-fevral, yakshanba
“Sassuolo” — “Latsio” 0:3
Gollar: Sergey Milinkovich-Savich, 7 (0:1). Chiro Immobile, 31-pen (0:2). Sergey Milinkovich-Savich, 47 (0:3).Chetlatishlar: Domeniko Berardi, 54 (S). Adam Marushich, 62 (L).“Roma” — “Milan” 0:2
Gollar: Patrik Kutrone, 48 (0:1). Davide Kalabriya, 74 (0:2).26-fevral, dushanba“Kalyari” — “Napoli” 00:45“Yuventus” — “Atalanta” (qoldirildi)
Izoh (0)