AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati oxirgi ikki kun mobaynida ekstremistlar tomonidan Afg‘oniston, Somali va Yamanda amalga oshirilgan terrorchilik hujumlarini qoraladi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders tomonidan 24-fevral kuni tarqatilgan bayonotda ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.
“Afg‘oniston, Somali va Yamanda amalga oshirilgan hamda o‘nlab gunohsiz odamning halok bo‘lishiga olib kelgan teraktlarni qoralaymiz. Bu hujumlar mamlakatlarning dunyoni terrorchilardan xalos etish qarorini mustahkamlaydi. Bizning qarorimiz qat’iy”, — qo‘shimcha qildi Sanders.
Afg‘onistonda 23-fevral kuni “Tolibon” radikal harakati jangarilarining Farah viloyatiga hujumi oqibatida 25 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Yamanning Adan shahrida 24-fevral kuni amalga oshirilgan ikki terakt oqibatida besh kishi qurbon bo‘ldi, 31 kishi yaralandi. Somali poytaxti Mogadishoda 23-fevral kuni prezident qarorgohi yaqinida avtomobil portladi, kamida 38 kishi halok bo‘ldi.
Izoh (0)