Prezident Tramp ma’muriyati AQShning Quddusdagi elchixonasini joriy yil bahorida ochishni rejalashtirmoqda. Buni 23-fevral, juma kuni Davlat departamenti tasdiqladi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Qo‘shma Shtatlar may oyida Quddusda yangi elchixonani ochadi. Uning ochilishi Isroil tashkil etilganining 70 yilligiga to‘g‘ri keladi”, — deyiladi departament xabarida.
Ma’lumot uchun, Quddusga ayni paytda Tel-Avivda bo‘lib turgan AQSh elchixonasi ko‘chiriladi.
Izoh (0)