Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasining bosh sovrini uchun kurash olib borayotgan Rossiyaning 4 ta klubidan 3 tasi nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Rossiyaning amaldagi chempioni sifatida Chempionlar Ligasining guruh bosqichida ishtirok etgan “Spartak”, yakunda guruhni 3-o‘rinda tugatib, Yevropa Ligasiga tushib ketgandi. O‘shanda “spartakchilar” Ispaniyaning “Sevilya” va Angliyaning “Liverpul” klublari bilan raqobatlasha olmagandi.
Bu safar boshqa bir ispan klubi “Atletik” moskvaliklar yo‘liga to‘g‘anoq bo‘ldi. Bilbao klubi Rossiyadan 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgandi. Shu boisdan o‘z maydonida 1:2 hisobida yengilib ham, navbatdagi bosqich ishtirokchisiga aylandi.
Piterning “Zenit” klubi esa Shotlandiyadagi mag‘lubiyat alamini ola bildi. Roberto Martines shogirdlari “Seltik”ka qarshi ilk o‘yinda 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Bu safar ular yirik g‘alabaga erishdi.
Moskvaning “Lokomotiv” va “SSKA” klublari minimal hisoblarda zafar quchdi. O‘zbekistonlik Vitaliy Denisov Fransiyadagi birinchi o‘yinda 45 daqiqa harakat qilgan va hisob 1:2 vaqtida o‘yindan olingandi. Ikkinchi bo‘limda esa “temiryo‘lchilar” 2 ta gol urishga erishgandi. Bu safar Denisov o‘yinga qo‘yilmadi va “Lokomotiv” yana zafar quchdi.
Yevropa Ligasi 1/16 final 22-fevral, payshanba
Izoh (0)