Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasining nimchorak final bellashuvlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Shveysariyaning Nyon shahrida o‘tgan marosim Italiyaning “Milan” va Angliyaning “Arsenal” klublarini o‘zaro to‘qnashtirdi.
Taqvimga ko‘ra, nimchorak finalning ilk uchrashuvlari 8-mart sanasiga to‘g‘ri kelgan. Javob o‘yinlari esa 15-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov to‘p suradigan Moskvaning “Lokomotiv” klubi o‘tgan bosqichda Shotlandiyaning “Seltik” klubini mag‘lub etgandi. Endi esa “temiryo‘lchilar” Madridning “Atletiko” klubiga raqib bo‘ldi. O‘z navbatida “armiyachilar” Fransiyaning “Lion”i, “Zenit” esa Germaniyaning “Leyptsig”i bilan to‘qnash keladi.
Yevropa Ligasi 1/8 final 8-mart, payshanba
“Latsio” — “Dinamo Kiyev”“Leyptsig” — “Zenit”“Atletiko” — “Lokomotiv”“SSKA” — “Lion”“Marsel” — “Atletik”“Sporting” — “Viktoriya”“Borussiya D” — “Zalsburg”“Milan” — “Arsenal”
Izoh (0)