Taniqli amerikalik model Kayli Jenner Twitter’dagi mikroblogida Snapchat ijtimoiy tarmog‘iga kirmayotganini yozgandi. Buning natijasida kompaniya aksiyalari 6,1 foiz qiymat yo‘qotdi, deb yozadi Bloomberg.
“Yana kimdir Snapchat’ga kirishni to‘xtatdimi? Yoki faqat menmi? O, bu juda qayg‘uli”, — deb yozdi yulduz.
Uning bu tvitidan so‘ng tahlilchilar Snapchat kompaniyasi kapitalizatsiyasi 1,3 milliard dollarga tushib ketganini qayd qildi.
Jennerning Twitter’dagi sahifasida 24 milliondan ortiq obunachisi bor.
Izoh (0)