O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Qudratillo Abduqahhorov professional boksdagi 14-jangini o‘tkazish uchun Malayziyaga yo‘l oldi, deb yozdi “Olamsport”.
WBS Silver kamari sohibi hisoblangan Abduqahhorov 17-mart kuni vengriyalik Laslo Totga qarshi ringga ko‘tariladi. Tot IBF reytingida 15-o‘rindan joy olgan bo‘lib, qolgan yo‘nalishlarda bunday natija qayd eta olmagan.Qudratillo Abduqahhorovning natijasi esa ancha yaxshi. U WBC reytigida kuchli oltilikda borishidan tashqari, WBA da 6, IBF da 7, vRinge reytingida esa 10-o‘rinni egallab turibdi. Vengriyalik bokschiga qarshi jang g‘alabasi uning pog‘onasini yanada ko‘tarib berishi katta ehtimol.
Professional boksda hozirga qadar 13 ta jang o‘tkazgan Abduqahhorov, ularning barchasida raqiblaridan ustun kelgan. Ya’ni, u mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirayotgan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalaridan biridir.
Izoh (0)