Bugun — 21-fevral kuni MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Sport vazirligi rahbarining birinchi o‘rinbosari Oybek Qosimov Qibraydagi 2-sonli akademik litseyga tashrif buyurdi, deb yozdi O‘FA matbuot xizmati.
Bunda sport rahbarlariga murabbiy Ravshan Haydarov hamda 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida zafar quchgan futbolchilardan Zabixillo O‘rinboyev, Javohir Sidiqov, Abbos Otaxonov va Suhrob Nurullayev hamrohlik qilgan.
Akademik litsey Ichki ishlar vazirligiga qarashli ekani aytilgan. Mehmonlar mazkur litseyda sport bilan shug‘ullanish uchun sharoit bor yoki yo‘qligi bilan tanishgan. Shuningdek, sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan o‘quvchilar bilan suhbatlashilgan.
Osiyo chempionlari esa unutilmas onlarni taqdim etgan g‘alaba va undagi taassurotlar haqida so‘zlab bergan. Shuningdek, litsey o‘quvchilarini qiziqtirgan savollarga javob qaytarilgan.
Izoh (0)