IShIDning Suriya va Iroqdan chiqarib yuborilgan chet ellik jangarilari yangi a’zolarni yollash uchun Filippinga yetib kelmoqda. Bu haqda, The Region nashriga tayanib, “Vestnik Kavkaza” xabar bermoqda.
Mish-mishlarga qaraganda, terrorchilar Filippinning ikki shahriga hujum qilishni rejalashtirmoqda.
“Razvedka ma’lumotlarimizga ko‘ra, Yaqin Sharqdan kirib kelayotgan chet ellik jangarilar kuchaytirilmagan chegaralarimizdan o‘tishda davom etib, ehtimol ikki janubiy shahar — Iligan va Kotabatoga hujum qilishni rejalashtirmoqda”, — deydi Islom ozod etish fronti yetakchisi Ibrohim Murod.
Unga ko‘ra, Filippinga jangarilar Indoneziya, Malayziya va Yaqin Sharqdan kirib kelgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)