Uzbek Tigers safida jang qilib kelayotgan boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Elnur Abduraimov professional ringga o‘tishga qaror qildi.
G‘oibnazarov, To‘laganov va G‘iyosovdan keyin Murod Ahmadaliyev ham professional boksni tanladi
“Olamsport” nashrining xabar berishicha, Abduraimov prof boks umidida AQShga jo‘nab ketgan. Okean ortida uni kutib olishi va faoliyati kelgusida qanday kechishi borasida aniq ma’lumotlar yo‘q.“Daryo”ga ma’lum bo‘lishicha, Abduraimovga qadar Amerikaga jo‘nab ketgan yana ikki bokschi — Shahram G‘iyosov hamda Murod Ahmadaliyev hozirgacha ham professional shartnoma tuzib ulgurmagan. Ayni vaqtda ular mashg‘ulotlarni aynan boks markazida davom ettirayotgani ma’lum.
Bungacha O‘zbekiston terma jamoasi safida Rio—2016 Olimpiadasi sovrindori bo‘lganlardan Fazliddin G‘oibnazarov hamda Rustam To‘lagapov AQShga borib, professional shartnoma tuzishga muvaffaq bo‘lgandi. Ular hozirgacha prof ringga chiqib ham ulgurgan.
Izoh (0)