Yana bir necha kundan so‘ng uzoq kutilgan voqea — ADWEEK haftaligi start oladi. 26-fevral kuni ADWEEK marketing va reklama haftaligini Milliy matbuot markazida OAV vakillari uchun bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanini ochib beradi. Bu haqda tadbir matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
27-fevral, seshanba kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda mahorat darslari ketma-ketligidan iborat keng miqyosli Innovatsion yarmarka bo‘lib o‘tadi. “Sayyohlik mahsuloti marketingi” mavzusini muhokama etish istagida bo‘lganlarni tashkilotchilar aynan o‘sha kuni kechqurun GroundZero’ga taklif etadi.
ADWEEK’ning ikkita yirik tadbiri — Marketing va reklama ko‘rgazmasi hamda marketing konferensiyasi 28-fevral va 1-mart kunlari International mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston bozorida reklama va marketing sohasida faoliyat olib borayotgan 20 dan ortiq kompaniya o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarining hamda ko‘rsatadigan xizmatlarining afzalliklarini namoyish etish va netvorkingni mustahkamlash maqsadida ko‘rgazma zalidagi o‘z stendlari oldida tashrif buyuruvchilarni kutadi. Konferensiya 38 xorijiy va mahalliy ekspertdan marketing va reklamaning amaliy jihatlari muhokamasiga bag‘ishlangan dolzarb mavzularni o‘z ichiga olgan.
Haftalikning eng yorqin nihoyasi — 2-mart, juma kuni o‘tkaziladigan Reklama tanlovi g‘oliblari va laureatlarini tantanali taqdirlash marosimi bilan yakunlanadi.
Haftalik tadbirlarini AfishaMedia tomonidan maxsus ishlab chiqilgan AfishaEvents qayd etish maydonchasida kuzatish mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)