Radware tadqiqot kompaniyasi mutaxassislari yangi ommaviy botnetni aniqladi. U Grand Theft Auto: San Andreas o‘yini serveri niqobi ostida faol ilgari surilmoqda, deb yozadi Motherboard.
San Calvicie guruhi serverlarga kirish niqobi ostida barcha istovchilarga kuchli DDoS-hujumlar uchun vositalar taklif qilmoqda. Mutaxassislar dunyo bo‘yicha zaif qurilmalar yangi botnetga allaqachon ulanganligini ta’kidlamoqda.
Tadqiqotchilarning baholashicha, botnet Mirai’dan taxminan ikki marta kichik. Shunga qaramasdan, vosita kuchi yirik moliyaviy kompaniyalarga hujum qilish uchun yetarli.
Izoh (0)