Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida 16-fevral soat 19:00 larda Qumbosti mahallasida yashovchi, nafaqaxo‘r, 1939-yilda tug‘ilgan Mamasidiq Xoldorovning uyida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yong‘in sandal ichiga elektr plitasini yoqib, nazoratsiz qoldirish oqibatida yuzaga kelgan.
Oqibatda nafaqaxo‘r M.Xoldorov kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)