O‘zbekiston Prezidenti 17-fevral kuni Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga tashrif buyurdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ushbu markaz 2017-yil 30-dekabrda foydalanishga topshirilgan. Bu yerda yoshlarning talab va qiziqishlaridan kelib chiqib 16 to‘garak tashkil qilingan. 800 o‘rinli majlislari zali, konferensiya va kino zallari, xodimlarning xizmat xonalarida zamonaviy sharoitlar yaratilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bajarilgan ishlarni yuqori baholab, bu yerda yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, uyushmagan yoshlarni birlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati