Mazkur hafta Yuriko Shoji BMT oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili o‘rinbosari sifatida lavozimini bajarishga kirishadi. Bu haqda FAO matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi Uz24.
Avvalroq Yuriko Shoji FAOning Markaziy Osiyo bo‘yicha submintaqaviy koordinatori va Turkiya, Ozarbayjon va O‘zbekistonda FAO vakili lavozimini egallagan.
Shoji — Yaponiya fuqarosi, u FAOda 2007-yildan ishlay boshlagan.
Oxirgi vaqtlarda u FAO-Turkiya hamkorlik dasturini amalga oshirish ustida ishlagan. Dasturning maqsadi Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston va O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq aholisi kambag‘allik darajasini pasaytirish sohasida yordam ko‘rsatish va FAO ekspert bilimlarini yetkazishdan iborat.
Izoh (0)