Nihoyat! “Ipak yo‘li” banki ham banklararo kartadan kartaga pul o‘tkazmalari tizimimizga ulandi!
Payme orqali xizmatni amalga oshirish narxi 1 foizni tashkil etadi. Bir oyda 30 million so‘mgacha pul o‘tkazmalarini amalga oshirishingiz mumkin. Qabul qilish miqdori cheklanmagan bo‘lib, bir martalik o‘tkazma miqdori 5 million so‘mgacha.
Plastik kartalaridan boshqa plastik kartalarga pul o‘tkazish imkoniyatini Payme xizmati taqdim etdi.
Deylik, do‘stingiz yoki qarindoshingizga pul berishingiz kerak yoki farzandingiz o‘qishida tushlik qilishi, yo‘lkira to‘lovlarini to‘lashi uchun pul zarur. Shu kabi holatlarda o‘z kartangizdan do‘stingiz, qarindoshlaringiz yoki farzandingizning kartasiga Payme orqali pul o‘tkazishingiz mumkin.
Buning uchun nima qilish kerak?
Birinchi yo‘l sodda va tez — “Payme.uz” saytiga tashrif buyurasiz, saytning o‘zbek tilidagi versiyasini tanlaysiz hamda “Ro‘yxatdan o‘tmasdan to‘lovlar” bo‘limiga kirasiz.Shundan so‘ng, saytning quyidagi suratda tasvirlangan oynasi ochiladi. Unda “O‘tkazma summasi” degan joyga 5000 so‘mdan 5 million so‘mgacha bo‘lgan summani yozib, o‘zingizning plastik kartangiz raqami va amal qilish muddatini hamda qabul qiluvchining kartasi raqamini kiritib, “Jo‘natish” tugmasini bosasiz.
“Jo‘natish” tugmasi bosilgandan keyin, ekranda quyidagi oyna paydo bo‘ladi. Unda yozilishicha, plastik kartangizga ulangan telefon raqamingizga 6 belgili kod yuborilgan va uni kiritib, tasdiqlashingiz bilan belgilagan summangiz boshqa plastik kartaga o‘tkaziladi.
To‘lov vaqtining o‘zida xizmat haqi — 1 foiz umumiy summaga qo‘shib ko‘rsatiladi. Ya’ni, 5000 ming so‘m o‘tkazayotgan bo‘lsangiz, kartangizdan 5050 so‘m yechib olinadi.
Pul o‘tkazish muvaffaqiyatli yakunlangach, bu haqda saytda ma’lumot paydo bo‘ladi.
Ikkinchi yo‘l esa qo‘shimcha imkoniyatlar bilan taqdim etilgan. Buning uchun “Payme.uz” saytiga tashrif buyurib, quyidagi suratda tasvirlangan bo‘limda ro‘yxatdan o‘tasiz. Agar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, telefon raqamingiz va parolni terib, Payme xizmati saytiga kirasiz.
Saytga kirganingizdan so‘ng sizning akkauntingiz sahifasi quyidagi suratda tasvirlangandek bo‘ladi. Uning yuqori qismida kartangiz hisobida qancha mablag‘ borligini ko‘rishingiz mumkin. Bu saytda ro‘yxatdan o‘tishning bir qancha imkoniyatlaridan biri hisoblanadi.
Payme’da ro‘yxatdan o‘tgach, bosh sahifada oy boshidan beri qancha xarajat qilganingiz, karta orqali so‘nggi to‘lovlaringizni ko‘rishingiz ham mumkin.
Boshqa kartaga pul o‘tkazish uchun esa “Perevod sredstv” bo‘limiga o‘tishingiz kerak. Bunda faqatgina pul o‘tkazmasini qabul qiluvchining karta raqami va o‘tkaziladigan pul miqdorini kiritsangiz kifoya. Shundan so‘ng, kartangizdan yechib olinadigan pul 1 foiz xizmat haqi bilan ko‘rsatiladi. “Perevesti” tugmasini bosib, pulni boshqa kartaga ko‘chirib yuborishingiz mumkin. Bunda ham telefon raqamingizga tasdiqlash uchun kod yuboriladi.
Eslatib o‘tamiz, registratsiya vaqtida, qurilma ishonchli ekanligini belgilab qo‘ysangiz, keyingi pul o‘tkazishlar vaqtida telefoningizga kod jo‘natish va uni tasdiqlash kerak bo‘lmaydi.
Shuningdek, Payme orqali mobil aloqa operatorlari, internet-provayderlar, xosting-provayderlar, shahar telefon aloqasi, televideniye va bir nechta onlayn servislarga pul to‘lashingiz mumkin.
Xizmatda ro‘yxatdan o‘tishning yana bir yaxshi tomoni esa, boshqa plastik karta egalaridan sizning kartangizga pul o‘tkazishlari uchun so‘rov yuborishingiz mumkin. Buning uchun “Zapros sredstv” tugmasini bosasiz, pul qabul qilishi kerak bo‘lgan kartani tanlaysiz va sizga pul o‘tkazishlari uchun maxsus havola — link beriladi. Bu linkni sizga pul o‘tkazishi kerak bo‘lganlarga jo‘natasiz. U esa pul o‘tkazishlarini soddalashtirib, vaqtni tejaydi.
Payme xizmatining Android hamda iOS qurilmalar uchun mo‘ljallangan dasturlari mavjud. Ularni Google Play yoki App Store’dan yuklab olishingiz mumkin:
- Android— https://payme.uz/getapp/android?ref=payme.uz
- iOS— https://payme.uz/getapp/ios?ref=payme.uz
- Barcha savollar uchun telefon: +998 (71) 200-02-05
Izoh (0)