Qarshining “Nasaf” klubi Chempionlar Ligasi guruh bosqichini yirik mag‘lubiyat bilan boshladi.
Odil Ahmedov va “Shanxay SIPG” Chempionlar Ligasining ilk turidan so‘ng guruh peshqadamiga aylanib oldi
Tehronda “Persipolis” mehmoni bo‘lgan Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari darvozadan 3 ta gol o‘tkazib yubordi va bunga biror marta ham javob bera olmadi. “Nasaf” guruh bosqichiga pley-off o‘yini orqali yo‘l olgan bo‘lib, 30-yanvar kuni Iordaniyaning “Al-Faysaliy” klubini 5:1 hisobida taslim qilgandi. Guruh bosqichining saviyasi ancha yuqori ekani Tehrondagi o‘yinda ko‘rindi.“Persipolis” Eron chempionatining 23-turidan so‘ng 54 ochko bilan yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. U eng yaqin ta’qibchisi bo‘lgan “Zob Ohan” klubidan 16 ochko ilgarilab ketgani e’tiborga molik. 23 tur davomida tehronliklar faqatgina 1 ta bellashuvda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan, yana 16 tasida raqiblarini taslim qilishga erishgandi.
Mazkur guruhdagi ikkinchi o‘yinda Qatarning “As-Sadd” klubi safarda irodali g‘alabaga erishdi. Shu tariqa ispaniyalik Xavi jamoadoshlari ham o‘z imkoniyatini ilk turdanoq yaxshilab oldi.
“C” guruhida 2-tur bellashuvlari 20-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Unda “Nasaf” Qarshida “Al-Vasl”ni qabul qilsa, “Persipolis” Dohada Xavi to‘p suradigan “As-Sadd” mehmoni bo‘ladi.
Chempionlar Ligasi “C” guruhi. 1-tur 13-fevral, seshanba
Izoh (0)