Qulay va arzon plastiklar uzoq vaqt davomida insoniyatni qurshab oldi. Ular plastikni qanday qilib utilizatsiya qilish va hatto uni o‘z organizmidan chiqarish haqida qayg‘urmadi. Biroq vaqt o‘tishi bilan ilmiy adabiyotlarda insonlar sog‘lig‘idagi bisfenol A (BPA, plastik ishlab chiqarishda qo‘llanadi) bilan bog‘liq muammolarni ko‘rsatib beruvchi ishlar paydo bo‘ldi, deb yozadi “Nauka”.
Bu modda asosan plastik o‘ramdagi oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan plastik butilkalardagi ichimliklar tarkibida bo‘ladi. Shifokorlar mazkur modda miya, shuningdek, reproduktiv va endokrin tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini taxmin qilmoqda. Uning organizmga tushish xavfiga ko‘proq o‘smirlar duch keladi.
Bisfenol A Ekseter universitetidan Lorna Xarris va Tamara Gallouey boshchiligidagi yangi tadqiqot obyektiga aylandi. Olimlar, birinchi navbatda, 17 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan 94 nafar tajriba ishtirokchisining peshobidagi bisfenol A ni o‘lchadi. Shundan so‘ng ularga xavfli moddaning organizmga tushishini cheklovchi parhez tayinlandi. Parhezga bir hafta amal qilgan o‘smirlarda bisfenol A ning kamayishi kuzatilmadi.
Tadqiqot mualliflari fikricha, xavfli modda kundalik hayotda juda keng tarqalganligi va ishlab chiqaruvchilarning hammasi ham o‘ramlar tarkibi haqidagi ma’lumotlarni iste’molchiga taqdim etmasligi tajriba muvaffaqiyatsizligiga sabab bo‘lgan.
Izoh (0)