Gollivudning taniqli aktyori Bred Pitt Los-Anjelesda uchta mashinadagi YTHga tushib qoldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: AP Photo

Aytilishicha, aktyor o‘ziga tegishli Tesla mashinasida oldinda ketayotgan Nissan Altima’ga urilgan. U mashina, o‘z navbatida, o‘zidan oldindagi Kia Soul avtomobilini urgan.

Avariyadan so‘ng Pitt mashinalarni suratga oldi. Uch haydovchi telefon almashdi, shuningdek, bir-birining hujjatlarini suratga oldi.

Guvohlarning aytishicha, Pitt u tufayli YTH ishtirokchisiga aylangan haydovchilar bilan bamaylixotir suhbat olib borishga uringan, ular esa, oldilarida mashhur aktyorni ko‘rib, tabassumini yashira olmagan va uning qo‘lini siqib qo‘ygan.