Braziliyaning Kajazeyras munisipalitetida adashib qolgan eshak uyning tomiga chiqib oldi va uning ichiga tushib ketdi, deb yozmoqda TJournal.

Videoda eshakning oyog‘i tomdagi teshikdan osilib turgani ko‘rinadi. Eshakning erkinlikka chiqishga urinishlari uning pastga tushib ketishiga olib keladi.

Video muallifining yozishicha, eshak hodisadan oldin uy yaqinidagi tepalikda yurgan. Shundan so‘ng eshak uyning tomiga chiqqan va tom uni ko‘tara olmagan.