Kolumbiyaning La Kandelariya monastirida tasodifiy kashfiyot amalga oshirildi. Ekskursiya davomida tosh plitkalardan biridagi siluet o‘n yoshli bola e’tiborini tortdi, deb yozadi National Geographic.
Bola topilmani suratga oldi va bir necha kundan so‘ng uni paleontologik tadqiqotlar mahalliy markazi mutaxassislariga ko‘rsatdi. Ulardan bu tosh qotgan qoldiqlar haqida Kanada Alberta universiteti olimlari xabar topdi va uni tadqiq etdi.
Mazkur topilma 2014-yilda topilgan edi, biroq ilmiy ish natijalari haqida faqat 2017-yilga kelibgina ma’lum bo‘ldi. Olimlar jamoasi topilma yoshi 90 million yildan kam emasligini aniqladi: bu baliq Janubiy Amerika g‘arbida andlar shakllanmasdan avval sayyorada yashagan.
Baliqqa Candelarhynchus padillai nomi berildi.
Izoh (0)