KOICA agentligining Toshkentdagi ofisi direktori Son Song Il boshligidagi Janubiy Koreya delegatsiyasi Navoiy viloyatida biznes yuritish sharoitlari bilan tanishib chiqdi. Safar chog‘ida bo‘lajak “O‘zbekistonda biznes-inkubatsiya tizimini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi, deb xabar beradi Uz24.
Xususan, koreyalik ekspertlar Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasining salohiyatini o‘rgandi. U loyiha bo‘yicha hamkor sifatida ko‘rilmoqda.
6 million dollar qiymatdagi ushbu loyihaning maqsadi mahalliy va chet el investitsiyalarini innovatsion korxonalarga jalb etish, iqtisodiyot, menejment, marketing sohalarida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha infrastruktura va qulay sharoitlar yaratishdir.
Ushbu tashrif tanishuv xarakteriga ega bo‘ldi. Loyiha 2019–2021-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)