Angliya shimolida 40 yil avval ochilgan ulkan ommaviy qabr O‘rta asrlarda Britaniyadagi kelt qirolliklarini talagan afsonaviy “Buyuk majusiylik armiyasi” janglarining qoldiqlari hisoblanadi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Qoldiqlarning sanasini aniqlash muhim hisoblanadi, chunki vikinglarning Angliyaga birinchi yurishlari haqida deyarli hech narsa ma’lum emas. Bu yurishlar orolda skandinavlarning birinchi qishloqlari qurilishiga xizmat qilgan. Olimlar qoldiqlar aynan “Buyuk armiya”ga taalluqli bo‘lmasa ham, lekin shunday hisoblash mumkin, deb ta’kidlamoqda.