Buyuk Britaniya va Germaniyadan xalqaro olimlar guruhi keksayishni to‘xtatuvchi va umr ko‘rishni uzaytiruvchi 24 ta yangi preparatni identifikatsiyaladi. Tadqiqot bioRxiv.org’da chop etildi.

Foto: Reuters

Keksayish kompleks jarayon hisoblanadi. U DNK shikastlanishi to‘planishi bilan birga hujayralar, to‘qimalar va organlardagi gomeostaz buzilishi bilan kechadi. Bunda organizmning eng zaif qismi miya hisoblanadi.

Tadqiqotchilar 20 yoshdan 106 yoshgacha bo‘lgan kishilarning miyasi 22 turli sohasidagi genlar faolligini tahlil qildi. Mutaxassislar genlar mahsuloti — neyronlardagi konsentratsiyasi yosh o‘tishi bilan o‘zgaruvchi transkriptlarni aniqladi. Shu tariqa olimlar faolligi keksayish belgisi bo‘lgan genlarni aniqladi.

Genlar faolligiga ta’sir ko‘rsatib, umr ko‘rishni uzaytirishga qodir 24 birikma aniqlandi.