29-yanvar kuni Tojikiston So‘g‘d viloyatining Guliston shahrida O‘zbekiston – Tojikiston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha ikki davlat hukumat delegatsiyalari topografik ishchi guruhlarining besh kunlik uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.
Muzokaralar davomida qolgan uchastkalar bo‘yicha chegara chizig‘i o‘tkazilishi muhokama qilindi, shuningdek, ayrim chegara uchastkalari dala tekshiruvi olib borildi.
Topografik ishchi guruhlar tomonidan chegaraning 4 ta uchastkasi tavsiflandi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra bayonnoma imzolandi.
Uchrashuv konstruktiv asosda, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik ruhida bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)