AQShlik taniqli arktyor va Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger o‘zining Bugatti Veyron avtomobilini 2,5 million dollarga sotdi, deb xabar beradi “Motor”.

Foto: “Motor”

Avtomobilni lyuks mashinalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi Obi Okeke xarid qildi. U 1600 kilometr yurgan Bugatti Veyron’ni qayta sotadi.

Grand Sport Vitesse modifikatsiyasiga kiruvchi avtomobilni Shvarsneggerning o‘zi 2014-yilda olgan edi. U 1200 ot kuchiga va sakkiz litrli W16 dvigateliga ega.

Avtomobil 2,6 soniya ichida 100 kilometr/soat harakatlana oladi. Uning maksimal tezligi soatiga 410 kilometrni tashkil etadi.