Faoliyatini okean ortida davom ettirayotgan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Sanjar Rahmonov professional boksda ilk bor NABF chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi, deb yozdi “Olamsport”.
Prof boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Sanjar Rahmonov 27-yanvar kuni Xaylon Uilyamsga qarshi ringga chiqadi
Prof ringdagi 11-jangini amerikalik Xaylon Uilyamsga qarshi o‘tkazgan Rahmonov, raqibini 2-raunddayoq nokautga uchratishga muvaffaq bo‘ldi. Bu uning 11-jangidagi 10-g‘alabasi edi. Sanjar hozircha mag‘lubiyat nima ekanini bilmaydi. Uning 1 ta jangida g‘olibni aniqlashning iloji bo‘lmagan.Xalqimni, yaqinlarimni va men uchun duoda bo‘lgan barcha insonlarni yangi g‘alabam bilan tabriklayman. NABF chempionlik kamari professional faoliyatimdagi ilk sovrin bo‘ldi va u eng so‘nggisi bo‘lib qolmaydi.Sanjar Rahmonov professional boksda afsonaviy Floyd Meyvezerga qarashli promouterlik kompaniyasi nomidan ringga chiqadi.Sanjar Rahmonov, boks ustasi
Izoh (0)