AQShda grippning avj olishi va xastalik tufayli halok bo‘lganlar sonining oshishi mamlakat bo‘ylab bir qator maktablarning yopilishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda FoxNews xabar bermoqda, deb yozadi “RBK”.
Kamida 11 shtatning rasmiylari gripp tahdidi tufayli maktablarni vaqtinchalik yopishga qaror qildi.
Grippga qarshi kurashish bo‘yicha favqulodda choralar Aydaxo, Alabama, Illinoys, Kentukki, Michigan, Missuri, Oklaxoma, Shimoliy Karolina, Tennessi, Texas va Florida shtatlariga taalluqli bo‘ldi.
USA Today telekanalining ma’lum qilishicha, AQShda mavsum boshidan buyon gripp oqibatida 37 nafar voyaga yetmagan halok bo‘lgan. Xastalikning mavsumiy avj olishi 50 ta shtatdan 49 tasida qayd etilgan.
Izoh (0)