Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts GALVmed notijorat tashkilotiga 40 million dollar xayriya qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ushbu tashkilot uy jonivorlari uchun vaksinalar yaratish bilan shug‘ullanadi.
Milliarder Edinburg universitetida bo‘lib, loyiha ustida ishlaydigan mutaxassislar bilan tanishdi.
Aytilishicha, pul “ideal sigir” yaratishga yo‘naltiriladi. Bunday turdagi uy jonivorlar Yevropa va Afrika turlarining asosiy xislatlarini — yuqori samaradorlikni va issiqqa chidamlilikni o‘zida birlashtirishi lozim.
Izoh (0)