Yevrokomisiya Qualcomm kompaniyasini 997 million yevro jarimaga tortdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Qualcomm Apple korporatsiyasiga chip yetkazib beradi.

Jarima bozordagi ustunlikni suiiste’mol qilish tufayli belgilandi. Regulyatorga ko‘ra, Qualcomm asosiy mijozi — Apple’ga u raqiblaridan hech narsa sotib olmasligi uchun katta miqdorda pul berib kelgan.

“Qualcomm asosiy mijozi bo‘lmish Apple’ga milliardlab dollar to‘lagan”, — ma’lum qilshi raqobat masalalari bo‘yicha yevrokomissar Margrete Vestager.