Poytaxt huquq-tartibot idoralari xodimlari giyohvand moddalar aylanmasi bilan bog‘liq jinoyatni fosh etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
Aytilishicha, 20-yanvar kuni soat taxminan 11:00 larda YHXB xodimlari tomonidan Kinologiya xizmat iti ishtirokida o‘tkazilgan tadbir davomida Bektemir tumanida joylashgan “Sharq” YPX maskanida 1990-yilda tug‘ilgan Djurayev Zufarali Abduganiyevich boshqaruvidagi Malibu avtomashinasi to‘xtatib tekshirilganda, uning salonidan 1,37 gramm marixuana topilgan.
Holat JKning 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)