Poytaxt huquq-tartibot idoralari xodimlari mashina olib qochilishi bilan bog‘liq jinoyatni fosh etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
Aytilishicha, 20-yanvardan 21-yanvarga o‘tar kechasi 1995-yilda tug‘ilgan Abdujalilov Doniyor Lutfulla o‘g‘li Uchtepa tumani hududida joylashgan uyning yonida Xakimova Farzona Xusanovnaga tegishli Nexia 3 avtomashinasi qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, uni olib qochgan.
Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida D.L. Abdujalilov Chilonzor tumani hududida ushlanib, undan F.X. Xakimovaga tegishli bo‘lgan avtomashina rasmiylashtirib olingan.
Holat yuzasidan JKning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning xar qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.
Izoh (0)