2017–2021-yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi doirasida oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, eng so‘nggi rusumdagi texnik vositalar, kompyuter va ofis uskunalari bilan ta’minlanmoqda, deb yozadi O‘zA.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan ma’lum qilishlaricha, joriy o‘quv yilida 30 ta oliy o‘quv yurti 5 mingdan ortiq shunday monoblokka ega bo‘ldi.
Bunday shaxsiy kompyuterlar o‘ziga xos ixchamligi bilan ajralib turadi, shuningdek, ularga Wi-Fi signalini qabul qiluvchi moslama hamda veb-kamera o‘rnatilgan.
Izoh (0)