Toshkent viloyatining O‘rtasaroy hududi yaqinida Lacetti va Nexia avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida fotoxabar qoldirilgan.

Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Ikki mashina to‘qnashuv oqibatida Lacetti ag‘darilib ketgan, Nexia esa jiddiy zararlangan. Hodisa guvohlarining yozishicha, jabrlanganlar orasida bolalar ham bo‘lishi mumkin.

Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Fotoxabar ostida qoldirilgan fikrlarda foydalanuvchilar haydovchilarni yo‘llarda qoidalarga rioya etishga, tezlikni belgilangan me’yordan oshirmaslikka chaqirgan.

Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Mazkur hodisa bo‘yicha hududiy yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari hozircha hech qanday rasmiy axborot tarqatganicha yo‘q.