Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Colgate va Apple sun’iy intellektga ega bo‘lgan “aqlli” tish cho‘tka yaratdi. Uni faqat Apple do‘konlarida 99,95 dollarga sotib olish mumkin, deb yozmoqda TJournal.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Cho‘tkani iOS tizimidagi Colgate Connect va Apple Watch dasturlari bilan sinxronlashtirish mumkin. Qurilma “og‘iz kartasi”ga ega bo‘lib, tishlar to‘g‘ri tozalanayotganini kuzatib boradi, shuningdek, qaysi qismlariga tegilmay qolinganini ko‘rsatadi. Dastur cho‘tkadan ma’lumotlar oladi va og‘iz bo‘shlig‘ini parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar tuzadi.

Bundan tashqari, Colgate bolalar uchun maxsus o‘yin ishlab chiqqan. Bola tishlarni qancha uzoq tozalasa, o‘yinda ko‘proq tanga yig‘ishi mumkin. Cho‘tka to‘liq quvvatlanganidan keyin 10 kun ishlashi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi