Apple korporatsiyasi iOS uchun yangilanma chiqaradi, unda eski iPhone’larda ishlash tezligini pasaytirishni o‘chirib qo‘yadi. Bu haqda Tim Kuk ABC News’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Kuk eski akkumulyatorli iPhone’lar unumdorligini pasaytirish opsiyasi smartfonlarning ishlash vaqtini uzaytirish uchun qo‘shilgani haqidagi fikrni takrorladi. “Kimdir bizda boshqacha maqsad bo‘lganini taxmin qilgan bo‘lsa, ulardan uzr so‘rab qolamiz”, — dedi Kuk ular boshidan o‘z maqsadlarini yaqqolroq ifodalishi kerak bo‘lganini aytib.
Bo‘lg‘usi iOS yangilanmasiga kompaniya quvvat olishni boshqarish bo‘yicha kengaytirilgan funksiyalarni qo‘shadi. Xususan, tizimda akkumulyatorning eskirgani, shuningdek, unumdorlik pasayayotgani haqida ko‘proq ma’lumot paydo bo‘ladi. Agar istasa, foydalanuvchi tizimning sekinlashuvini o‘chirib qo‘yib, bu avtonomlikka qanday ta’sir qilishini ko‘rishi mumkin. Yangilanmaning sinov versiyasi 2018-yil fevralida chiqariladi.
Izoh (0)