Emirates aviakompaniyasi Airbus bilan 20 ta A380 samolyoti yetkazib berishga shartnoma imzoladi. Bunga qo‘shimcha tarzda yana 16 ta shu turkumdagi havo kemasiga buyurtma berilishi mumkin, deya xabar beradi Meduza.
Shartnoma summasi 16 milliard dollarni tashkil etadi.
Shartnoma Airbus vakillari yangi buyurtmalar bo‘lmagan taqdirda A380 ishlab chiqarishdan olinishini e’lon qilganidan 4 kun o‘tib imzolandi. Aviakompaniyaga ko‘ra, samolyot ishlab chiqarilishi rentabelli bo‘lishi uchun yiliga kamida 6 ta laynerni yig‘ishga buyurtma bo‘lishi lozim.
Ma’lumot uchun, Emirates A380 samolyotlarining dunyodagi eng yirik foydalanuvchisi hisoblanadi. Aviakompaniyada 101 ta shunday havo kemasi bor, yana 40 tasiga buyurtma berilgan.
Izoh (0)