Qirg‘iziston rahbari Sooranbay Jeenbekov Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ro‘y bergan, ko‘plab o‘zbekistonliklarning o‘limiga olib kelgan fojia munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ta’ziya bildirdi. Telegramma matni Qirg‘iziston prezidentining rasmiy saytida keltirildi.

Foto: UzDaily

“Qozog‘iston Respublikasining Aqto‘be viloyatida yuz bergan fojia tufayli O‘zbekiston fuqarolarining halok bo‘lgani munosabati bilan Qirg‘iz Respublikasi xalqi va shaxsan o‘z nomimdan chuqur hamdardlik bildiraman”, — deyiladi ta’ziya matnida.

“Halok bo‘lganlarning qarindoshlari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazishingizni so‘rayman, shuningdek, jabrlanganlar tuzalib ketishini tilab qolaman. To‘ldirib bo‘lmas yo‘qotish qayg‘usida siz bilan birgamiz”, — ta’kidladi Sooronbay Jeenbekov.