Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbek milliy maqom san’ati markaziga san’atshunoslik fanlari nomzodi Soibjon Begmatov bosh direktor etib tayinlandi, deb xabar berdi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Soibjan Begmatov yaqin yillar mobaynida O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ilmiy-ijodiy ishlar bo‘yicha prorektor, “Musiqiy sharqshunoslik”, “O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedralarida mudir lavozimida faoliyat olib borgan.

1996-yildan buyon san’atshunoslik fanlari nomzodi, “Farg‘ona vodiysi hofizlik an’analari” mavzusida ilmiy ish yoqlagan. Sohaga oid ijodiy ishlari, ilmiy-publitsistik maqolalari muntazam nashr qilinib keladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Prezidentning 17-noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)